1. Nom uçun pul sarflaşim şartmi? Özim öylab topsam bölmaydimi?
Albatta, özingiz ham topişingiz mumkin. Lekin biz şunçaki "çiroyli söz" öylab topmaymiz. Siz topgan nom huquqiy tomondan band bölişi, domenlari olingan bölişi yoki boşqa tilda salbiy ma'noga ega bölişi mumkin. Biz esa nomni 10 bosqiçli "sifat laboratoriyasi"dan (fonosemantika, yuridik tozalik, faoliyatga moslik, raqamli oçiqlik (domen, SEO va h.k.) ötkazib topamiz.
2. Agar nom patentdan ötmay qolsa, qayta pul tölaymanmi?
Yöq, tölamaysiz. Agar Adliya vazirligi biz "ötiş ehtimoli yuqori" deb tavsiya qilgan nomni aynan öxşaş nom borligi sababli rad etsa — bu bizning javobgarligimiz hisoblanadi. Bu holatda, NomLab sizga bepul yangi nom variantlarini işlab çiqiş kafolatini oladi.
3. Nom patent ololmasa, logo uçun qayta pul tölaymanmi?
Yöq, tölamaysiz. Agar "mohiyat böyiça ekspertiza" nomni rad etsa, biz nafaqat yangi nomni, balki unga mos yangi logotipni ham 100% bepul qaytadan tayyorlab beramiz.
Özbekistonda rasmiy patentlaş jarayoni örtaça 7 oy davom etadi. Biznes va marketing esa bunday uzoq vaqt kuta olmasligini juda yaxşi tuşunamiz. Şuning uçun, tanlangan nom dastlabki tekşiruvimizdan ötgan zahoti, dizayn jarayonini boşlaymiz.
4. Nomni patentlab berasizlarmi?
Ha, töliq amalga oşirib beramiz. Biz nafaqat nomning patentga layoqatliligini çuqur tekşiramiz, balki uni qonuniy röyxatdan ötkazişni ham töliq öz zimmamizga olamiz. NomLab qoşida tajribali intellektual mulk yurist-advokati faoliyat yuritadi. Barça yuridik bosqiçlar mutaxassisimiz tomonidan a'lo darajada, "kaliti bilan" tayyorlab beriladi.
5. Sizlar logotip va brending ham qilib berasizmi?
Ha, bizning asosiy ixtisosligimiz Naming bölsa-da, nomning vizual ifodasi logoda mukammal aks etişi uçun sinovdan ötgan professional hamkor agentlik bilan birgalikda işlaymiz.
Eng muhimi — logotip yaratiş jarayoni NomLab nazorati ostida ötadi. Bu degani — dizayn şunçaki çiroyli rasm bölib qolmaydi, balki biz topgan nomning xarakteri, strategiyasi va ma'nosini töliq oçib beruvçi vizual yeçimga ega bölasiz.
6. Patentdan ötiş ehtimolini neça foiz va qayerdan tekşirasiz?
Biz nomlarni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va WIPO (Butunjahon intellektual Mulk Taşkiloti)ning xalqaro ma'lumotlar bazalari orqali çuqur tekşiramiz.
Kafolat masalasida haqiqat şuki, dunyoda heç bir agentlik (yuristlar ham) 100% kafolat bera olmaydi, çunki oxirgi qarorni (inson omili) davlat eksperti qabul qiladi. Lekin bizning tekşiruvimiz asosida nomning ötiş ehtimolini 51% dan 80% gaça deb baholaymiz.
7. Menga neçta variant taqdim etiladi?
Variantlar soni yetarliça böladi, taqdmotda: 4-5 Silver, 3-4 Gold, 1 ta Final yeçim. Siz uçun tanlangan eng munosib nom böladi
Mabodo final nom könglingizga yaqin kelmasa (bu juda kamdan-kam holat), Gold va Silver variantlar içidan tanlaş mumkin.
Nima uçun variant kam? Bizning içki jarayonimizda 100 dan 200 gaça nom kombinatsiyalarni körib çiqamiz. Biroq, ularning 95 foizi bizning "10 ta Oltin Kriteriya" (patent, domen, fonosemantika, brendlanuvçanlik va h.k.) filtridan öta olmaydi.