Nom laboratoriyasi · nomlab.uz

Buyuklik nomdan boşlanadi.

  • 8 yilBizning tajribamiz
  • 2 taExpertlar
  • 50+Biz topgan nomlar

Biznesingiz kelajagini şunçaki "çiroyli sözlar"ga emas, 10 bosqiçli ilmiy tahlil va huquqiy ekspertizaga tayanadigan professional Nom muhandislariga işoning. NomLab bilan şunday nom tanlangki, insonlar xotirasida muhrlanib qolsin.

Natija

102 ta nomdan 102 tasi patent oldi

2 yil davomida biz taklif qilgan va patentga topşirilgan har bir nom davlat röyxatidan ötdi. Rad etilgan nom — 0.

  • Patent olgan — 102
  • Rad etilgan — 0
  • Har katak — bitta nom · 2 yil

Logo özgarişi mumkin, ammo tarixda faqat Nomlar iz qoldiradi. Zero, bugun tanlagan nomingiz — ertangi global kompaniyangiz poydevoridir.

Portfolio

Biz topgan nomlar

Tayyor nomlar

Bu yönalişlarda tayyor nomimiz bor

Hammasi →
  • Tayyor nom

    Internet dökon

    Onlayn savdo, marketpleys yoki Telegram dökon uçun.

    Nomni köriş
  • Tayyor nom

    Telefon dökoni

    Smartfon, aksessuar va gadjet sotadigan dökon uçun.

    Nomni köriş
  • Tayyor nom

    Texnika dökoni

    Maişiy texnika va elektronika savdosi uçun.

    Nomni köriş
  • Tayyor nom

    IT kompaniya

    Dasturlaş, raqamli xizmat yoki startap uçun.

    Nomni köriş
  • Tayyor nom

    Gözallik saloni va kiprik ulaş

    Manikyur, kosmetologiya va gözallik xizmatlari uçun.

    Nomni köriş

Qanday işlaymiz

Nom topiş:

  • 50% ijodiy jarayon
  • 50% texnik va yuridik jarayon

Bugungi kunda neyming quruq san'at bölişdan çiqib, aniq tahlil va yuridik filtrlar ustiga quriladigan muhandislik jarayoniga aylanib ulgurgan.

— Rahim Sadiy, branding eksperti
Ijodiy jarayon50%50%Texnik va yuridikjarayonNom

Qadamlar

  1. Nom topiş7–10 kun

    1. 01Topşiriqni aniqlaş
    2. 02Raqobatçilar tahlili
    3. 03Variantlarni topiş
    4. 04Patentni tekşiriş
    5. 05Domen tekşiriş
    6. 06Taqdimot qiliş
  2. Logo çiziş7–10 kun

    1. 07Researching
    2. 08Sketch çiziş
    3. 09Logo Construction
    4. 10Logotype tanlaş
    5. 11Brand color
    6. 12Tipografiya
    7. 13Taqdimot qiliş
  3. Patentlaş2–3 kun

    1. 14Ikki bosqiçli körib çiqiş
    2. 15Logo va nomni jamlaş
    3. 16Klassifikatsiya qiliş
    4. 17Talabnoma topşiriş
    5. 18Patentlaş

Nomdan brendga

Biz topgan nom mukammal logoga, kuçli brendga aylanadi

Rasmiy patent vakili

Brendingizni davlat ruxsatnomasiga ega vakil röyxatdan ötkazadi

Jamoamizdagi patent vakili Dostonbek Ergaşev Adliya vazirligining malaka komissiyasi qarori bilan patent vakillari davlat reyestriga kiritilgan.

Guvohnoma
№ 162
Ixtisoslik
Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari, tovar kelib çiqqan joy nomlari
Amal qiladi
2031-yil 26-iyungaça
Patent narxini hisoblaş
Patent vakili guvohnomasi № 162, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Patentlaş

Röyxatga oliş bosqiçlari

Narxini hisoblaş →
  1. 1Boşlanğiç qadam

    Qidiruv va tekşiruv

    Belgingiz avval röyxatga olingan belgilarga öxşaş emasligini tekşiramiz va xavflarni baholaymiz.

    Biz bajaramiz
  2. 2Ustuvorlik sanasi

    Talabnoma topşiriş

    Klasslarni aniqlab, hujjatlarni tayyorlaymiz va Intellektual mulk markaziga rasman topşiramiz.

    Biz bajaramiz
  3. 3Oddiy 7 oy · Tezlaştirilgan 1,5 oy

    Ekspertiza

    Belgining muhofazaga yaroqliligi tekşiriladi. Söröv kelsa, javoblarni biz tayyorlaymiz.

    Markaz (davlat)
  4. 410 yil muhofaza, uzaytiriş mumkin

    Guvohnoma

    Ijobiy qarordan söng yakuniy davlat boji tölanadi va guvohnoma beriladi — belgingiz davlat reyestriga kiritiladi.

    Mijoz + Markaz

Eng muhim qoida — ustuvorlik. Talabnoma topşirilgan sana va vaqt hal qiluvçi: şu kundan boşlab brendga ustuvorlik huquqi beriladi. Undan keyin xuddi şunday yoki öxşaş nomda topşirilgan boşqa talabnomalar rad etiladi. Şuning uçun keçiktirmaslik muhim.

Savol-javoblar

1. Nom uçun pul sarflaşim şartmi? Özim öylab topsam bölmaydimi?

Albatta, özingiz ham topişingiz mumkin. Lekin biz şunçaki "çiroyli söz" öylab topmaymiz. Siz topgan nom huquqiy tomondan band bölişi, domenlari olingan bölişi yoki boşqa tilda salbiy ma'noga ega bölişi mumkin. Biz esa nomni 10 bosqiçli "sifat laboratoriyasi"dan (fonosemantika, yuridik tozalik, faoliyatga moslik, raqamli oçiqlik (domen, SEO va h.k.) ötkazib topamiz.

2. Agar nom patentdan ötmay qolsa, qayta pul tölaymanmi?

Yöq, tölamaysiz. Agar Adliya vazirligi biz "ötiş ehtimoli yuqori" deb tavsiya qilgan nomni aynan öxşaş nom borligi sababli rad etsa — bu bizning javobgarligimiz hisoblanadi. Bu holatda, NomLab sizga bepul yangi nom variantlarini işlab çiqiş kafolatini oladi.

3. Nom patent ololmasa, logo uçun qayta pul tölaymanmi?

Yöq, tölamaysiz. Agar "mohiyat böyiça ekspertiza" nomni rad etsa, biz nafaqat yangi nomni, balki unga mos yangi logotipni ham 100% bepul qaytadan tayyorlab beramiz.

Özbekistonda rasmiy patentlaş jarayoni örtaça 7 oy davom etadi. Biznes va marketing esa bunday uzoq vaqt kuta olmasligini juda yaxşi tuşunamiz. Şuning uçun, tanlangan nom dastlabki tekşiruvimizdan ötgan zahoti, dizayn jarayonini boşlaymiz.

4. Nomni patentlab berasizlarmi?

Ha, töliq amalga oşirib beramiz. Biz nafaqat nomning patentga layoqatliligini çuqur tekşiramiz, balki uni qonuniy röyxatdan ötkazişni ham töliq öz zimmamizga olamiz. NomLab qoşida tajribali intellektual mulk yurist-advokati faoliyat yuritadi. Barça yuridik bosqiçlar mutaxassisimiz tomonidan a'lo darajada, "kaliti bilan" tayyorlab beriladi.

5. Sizlar logotip va brending ham qilib berasizmi?

Ha, bizning asosiy ixtisosligimiz Naming bölsa-da, nomning vizual ifodasi logoda mukammal aks etişi uçun sinovdan ötgan professional hamkor agentlik bilan birgalikda işlaymiz.

Eng muhimi — logotip yaratiş jarayoni NomLab nazorati ostida ötadi. Bu degani — dizayn şunçaki çiroyli rasm bölib qolmaydi, balki biz topgan nomning xarakteri, strategiyasi va ma'nosini töliq oçib beruvçi vizual yeçimga ega bölasiz.

6. Patentdan ötiş ehtimolini neça foiz va qayerdan tekşirasiz?

Biz nomlarni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va WIPO (Butunjahon intellektual Mulk Taşkiloti)ning xalqaro ma'lumotlar bazalari orqali çuqur tekşiramiz.

Kafolat masalasida haqiqat şuki, dunyoda heç bir agentlik (yuristlar ham) 100% kafolat bera olmaydi, çunki oxirgi qarorni (inson omili) davlat eksperti qabul qiladi. Lekin bizning tekşiruvimiz asosida nomning ötiş ehtimolini 51% dan 80% gaça deb baholaymiz.

7. Menga neçta variant taqdim etiladi?

Variantlar soni yetarliça böladi, taqdmotda: 4-5 Silver, 3-4 Gold, 1 ta Final yeçim. Siz uçun tanlangan eng munosib nom böladi

Mabodo final nom könglingizga yaqin kelmasa (bu juda kamdan-kam holat), Gold va Silver variantlar içidan tanlaş mumkin.

Nima uçun variant kam? Bizning içki jarayonimizda 100 dan 200 gaça nom kombinatsiyalarni körib çiqamiz. Biroq, ularning 95 foizi bizning "10 ta Oltin Kriteriya" (patent, domen, fonosemantika, brendlanuvçanlik va h.k.) filtridan öta olmaydi.

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — özimiz aloqaga çiqamiz.

Aloqaga çiqamiz

Bepul vosita

Nomingizni tekşiring

Nomni yozing — harflar soni, fonetik soddalik, aytiliş tezligi va yana 10 dan ortiq mezon böyiça taxminiy baho oling.